Ayol — mehr, hayo, sabr va vafo timsoli. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlarida ibrat bo‘lgan, islom tarixida o‘z o‘rniga ega buyuk ayollar haqida bilishni istaysizmi?
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahli ayollari” kitobi sizni Payg‘ambarimizning zavjalari hayoti, go‘zal xulqlari, sabr-toqatlari va ibratli voqealari bilan tanishtiradi.
Bu kitob orqali mo‘mina ayollarning hayotidan saboq olasiz, oilaviy hayot, odob-axloq va go‘zal fazilatlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Eng qulay tomoni, kitobni to‘liq audio shaklda ham tinglash imkoniyati mavjud.
Ma’naviyatingizni boyitadigan, har bir ayol o‘qishi kerak bo‘lgan ibratli kitob!