🎙️ “Millioner sahobalar” kitobi uchun azvuchka
Boylik va muvaffaqiyat haqida ko‘p kitoblar bor, ammo sahobalarning hayoti bizga mol-dunyo bilan birga iymon, saxovat va halollikning qadrini ham o‘rgatadi.
“Millioner sahobalar” — Allohning roziligini dunyo manfaatlaridan ustun qo‘ygan, boyligini ezgu ishlarga sarflagan sahobalar hayotidan hikoya qiluvchi kitob.
Ular boylikni shunchaki to‘plash uchun emas, balki yaxshilik qilish, muhtojlarga yordam berish va savobli amallarga sarflash uchun vosita deb bilishgan.
Bu asar orqali sahobalarning hayoti, saxovati, tadbirkorligi va ibratli fazilatlari bilan tanishasiz.
Haqiqiy boylik faqat mol-dunyoda emas, balki iymon, go‘zal xulq va insonlarga keltirilgan manfaatdadir.
📚 O‘zingiz uchun ham, yaqinlaringizga sovg‘a sifatida ham foydali tanlov — “Millioner sahobalar” kitobi!